Web sahifamizga xush kelibsiz !

Korxona 1995 yilda tashkil etilgan boʼlib, bugungi kunda aka-ukalar oilaviy tadbirkor sifatida birgalikda faoliyatlarini olib bormoqda.
Korxona mamlakatimizda yetishtirilgan noʼxat mahsulotlarini qayta ishlab, uni qovurib xorijiy davlatlarga va ichki bozorlarga yetkazib beradi.
Qovurilgan noʼxat ekologik toza va tabiiy mahsulot boʼlib, sifati davlat standartlariga toʼliq mos keladi va xalqaro sertifikatga ega. (TN VED kodi 2005400000)
Xom noʼxat mahsulotlarini tozalash 2 bosqichda amalga oshiriladi va sinflar boʼyicha kalibrlanadi, bu esa mahsulot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Yuqori sifatga ega hamda tabiiy va ekologik jihatdan tozaligi tufayli qovurilgan noʼxat uzoq vaqt davomida rangini va taʼmini yoʼqotmaydi.
Korxona eng yangi va soʼnggi modeldagi texnologiyalar bilan toʼliq jihozlangan boʼlib, ular yordamida xom noʼxat 250 °C haroratda qovuriladi va bir vaqtning oʼzida sovutiladi.
Qadoqlash: buyurtma boʼyicha 5, 10, 20, 40 kg. 20 va 40 kg.li ichki va tashqi tomoni 2 qavatli politelin qoplamasi bilan mustahkamlangan qoplar, 5 qavatli Rossiya qogʼozidan tayyorlangan, mahsulotni uzoq muddatga saqlaydigan 10 kg. karobkalar va mijozlarning talabiga asosan 5 kg. vaakumli qadoqlash orqali tayyorlanadi.
Korxonaning bir kunlik ishlab chiqarish quvvati 5 tonnani tashkil qiladi.
"Samarkand Golden Chickpeas" oilaviy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olish naqd va pul koʼchirish yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Qovurilgan noʼxat mahsulotlari toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nurlari va 30 °C dan yuqori boʼlmagan haroratda hamda nisbiy namligi 75 foizdan oshmaydigan salqin joylarda saqlanadi.
Korxonamiz mahsulotlari ekologik jihatdan tozaligi, yorqin rangga egaligi, mazali taʼmi va uzoq muddatga saqlanishi bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi.

Baxtiyor Beknazarov

"SAMARKAND GOLDEN CHICKPEAS" asoschisi

Baxtiyor Beknazarov